O‘zbekiston | 15:31 / 09.05.2021
3161
2 daqiqa o‘qiladi

MIB talabini bajarmagan bank mas'ullariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Sariosiyo tumanlararo iqtisodiy sudi tomonidan «Yuksalish sari birgalikda» MChJdan «G‘isht markaz» xususiy karxonasiga 329 mln so‘m hamda xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarial idorasining «Yuksalish sari birgalikda» MChJdan «Agro bank» ATB Qiziriq filiali foydasiga 36 mln so‘m qarz undirish belgilangan. 

MIB Qiziriq tuman bo‘lim sud hujjatiga asosan qarzdorning bankdagi hisob raqamlariga inkasso topshiriqnomasini yuborgan. Bank inkasso topshiriqnomasini «Kortoteka-2»ga qabul qilgan.

Biroq, «Yuksalish sari birgalikda» MChJning hisob raqamiga qo‘yilgan inkasso topshiriqnomalari bank mas'ul xodimlari tomonidan asossiz ravishda bekor qilingan. «Kartoteka-2»dan chiqarib tashlangan. Qarzdorning hisob raqamlaridan 47 mln so‘m boshqa maqsad uchun o‘tkazilgan.

Mazkur holat yuzasidan Surxondaryo viloyat MIB bank mansabdor shaxslarini jinoyat sodir etganlikda ayblab, ishni prokuraturaga yuborgan.

Mavzuga oid