Jahon | 20:10 / 10.05.2021
10319
1 daqiqa o‘qiladi

Erdo‘g‘an Isroilning Quddusdagi harakatlarini terror deb atadi

Sharqiy Quddusda falastinliklar va Isroil harbiylari o‘rtasida to‘qnashuvlar bo‘lmoqda. 

Foto: Reuters

Isroilning Quddusdagi harakatlari terrorga aylandi, dedi Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an. Bu haqda Anadolu agentligi xabar bermoqda

Xabar qilinishicha, Turkiya rahbari Isroil hukumati tomonidan falastinliklarning huquqlari buzilishiga yo‘l qo‘yilganini keskin qoraladi.

Ramazon oyi boshlanganidan buyon Sharqiy Quddusda falastinliklar va Isroil harbiylari o‘rtasida to‘qnashuvlar bo‘lmoqda. 

8 may kuni Falastin yetakchisi Mahmud Abbos Sharqiy Quddusdagi vaziyat sababli BMT xavfsizlik kengashi yig‘ilishini chaqirishni so‘radi. 

10 may kuni Al-Aqso masjidi yaqinida Isroil politsiyasi bilan to‘qnashuvlar oqibatida kamida 300 nafar falastinlik va Qizil yarim oy jamiyati xodimlari jarohatlandi.  

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid