Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oqqo‘rg‘on tumani hokimi o‘rinbosari ma'muriy javobgarlikka tortildi
Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumani hokimi o‘rinbosari ma'muriy javobgarlikka tortildi. Bu haqda viloyat prokuraturasi xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, Oqqo‘rg‘on tuman hokimining o‘rinbosari “Yoshlar daftari”ga kiritilgan ishsiz yoshlar bandligini ta'minlash maqsadida yoshlarga yer ajratish bo‘yicha talabgor fuqaro M.E.ning 18.02.2021 yildagi dehqonchilik qilish uchun yer ajratib berishda amaliy yordam berishni so‘rab yozgan arizasi tuman hokimligi devonxonasidan shu kunga qadar ro‘yxatga olinmasdan tuman hokimining o‘rinbosari xizmat xonasida saqlab kelayotganligi aniqlanib, oradan 77 kun o‘tgan bo‘lsada murojaatni ro‘yxatdan o‘tkazish, ko‘rib chiqish va muallifga javob xati yuborish choralarini ko‘rmagan.
Shu kabi qonunbuzilishiga 600 nafardan ortiq yoshlarning yer ajratib berish haqidagi murojaatlari bo‘yicha ham yo‘l qo‘yilgan.
Mazkur holat yuzasidan Oqqo‘rg‘on tumani hokimining o‘rinbosariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 43-moddasi bilan ma'muriy javobgarlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid
14:24 / 03.02.2026
Internetda haqorat va so‘kinish uchun ma’muriy javobgarlik joriy etish taklif qilinmoqda
10:05 / 03.02.2026
Jizzax viloyati hokimligi tuzilmasiga ikki yangi hokim o‘rinbosari lavozimi kiritildi
18:12 / 21.01.2026
Shaxsga doir ma’lumotlarga sun’iy intellekt yordamida noqonuniy ishlov berganlik uchun javobgarlik belgilandi
21:25 / 27.12.2025