Abdurahmon Baxtiyev jurnalistlar bilan ötgan anjumanda poytaxtdagi yöl böyi pulli avtoturargohlar uçun endi qöşimça alohida tenderlar ötkazilişini ma’lum qildi. Bunda Toşkent şahridagi 100-200 ta joy tanlab olinişi mumkin. Ularning har biri alohida lotlarga ajratiladi. Hokimiyat rasmiylari “keyingi bosqiç auksionlarni şaffof kuzatib boriş imkoniyati borligini” aytmoqda. Şuningdek, tadbirda narxlar va qonunçilikda mavjud bölmagan jarima masalasiga ham töxtalib ötildi.

Ötgan yili may oyidan Toşkent şahrining 86 ta köçasiga yöl böyi pulli avtoturargohlar taşkil qilindi. Uning ijrosi uçun hozirda ustun muzokara kuçiga ega deb e’tirof etilgan Streetpark Systems MÇJ tanlab olingan.

Ayni kunlarda parkomatlar ijtimoiy obektlarning yonida ham mavjud ekani, narxlar 15,5 foizga oşirilgani köplab e’tirozlarni keltirib çiqarmoqda. 12 mart kuni Toşkent şahar hokimiyati binosida ötgan matbuot anjumanida hokim örinbosari Abdurahmon Baxtiyev ayni masala yuzasidan rasmiylarga ham murojaat bölganini aytdi.

“Poytaxt parking [loyiha egasi]ni çaqirdik. Aynan gematologiya instituti, öşa kasalxonaning yonidagi parkovkalar böyiça hozir çuqur örganiş olib borilmoqda. Lekin bir narsani aytişimiz kerakki, umumiy parkovkalar, parkovkalar böyiça siyosat nimaga bunaqa qilinadi? Bu faqat bizning Toşkent şahrida emas, butun rivojlangan şaharlarda pulli parkovkalar işlamoqda. Jamoat transportiga odamni jalb qiliş, odamga jamoat transportida yurgin degan işora bilan borişimiz uçun biz şaxsiy avtomobildagi harakatni, undan foydalanişni, hozir qöpol bölişi mumkin-u, qimmatroq qilişimiz kerak.

Boşqa davlatlardan kelgan mehmonlar taksida yurganimda pul tölanganini sezmadim deydi. Deylik, bizda şu darajada şaxsiy avtomobilda yuriş narxi pastki, bu hatto taksida ham seziladi. Bu nimaga olib boradi? Bu tirbandlikka, maşinalarning soni şaharda köpayişiga olib boradi. Lekin biz bir taraflama, faqat şu parkovka narxini oşirib yoki şu tizimni yuritiş tarafdori emasmiz. Parallel ravişda şu jamoat transportini rivojlantiriş töğrisida strategiyamiz bor. Kundan kunga bizda jamoat transportida odamlar soni ham köpaymoqda, qulayliklarimiz ham yaratilmoqda. Misol uçun, bu yilning özida yana qöşimça juda katta miqdorda yangi avtobuslarni qöşib olib keliş va yangi marşrutlarni qöyiş böyiça rejalarimiz ham bor”