Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qat'iy stavkalar qo‘llanadigan aksiz solig‘i hisob-kitobi ilovasi bekor qilindi
Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash to‘g‘risidagi o‘zgarishlarga ko‘ra, foyda solig‘i bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari summasi to‘g‘risidagi ma'lumotnoma joriy qilinadi. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq hisoboti shakllarining yangi tahriri tasdiqlandi.
Davlat soliq qo‘mitasi «Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash to‘g‘risida»gi qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi qarori Adliya vazirligidan ro‘yxatdan o‘tkazildi.
Qarorga ko‘ra, o‘zgartirish va qo‘shimchalar QQS, aksiz solig‘i, foyda solig‘i, aylanmadan olinadigan soliq, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, yer solig‘i va mol-mulk soliqlari hisobot shakllariga kiritilgan.
Xususan:
- qat'iy stavkalar qo‘llaniladigan aksiz solig‘i hisob-kitobi ilovasi bekor bo‘ladi;
- foyda solig‘i bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari summasi to‘g‘risidagi ma'lumotnoma joriy qilinadi;
- suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkasi faoliyat turi bo‘yicha alohida belgilanishi munosabati bilan suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq hisoboti shakllarining yangi tahriri tasdiqlandi.
Shuningdek, QQS, foyda va aylanmadan olinadigan soliq hisob-kitoblaridan ayrim ilovalar va satrlar chiqarib tashlandi va tahririy o‘zgartirishlar kiritildi.
Ma'lumot uchun, Davlat soliq qo‘mitasining 2020-03-son «Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash to‘g‘risida»gi qaroriga qo‘shimchalar kiritish haqida»gi qarori loyihasi o‘tgan yili muhokamaga qo‘yilgan va hujjat 2021 yil 1 yanvardan kuchga kirishi kerak edi.
Avvalroq, 2021 yil 1 iyulidan davlat soliq xizmati organlarining boshqaruv xodimlariga o‘z daromadlari va egaligida bo‘lgan aktivlarni majburiy deklaratsiyalash tartibi joriy etilishi ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid
11:12 / 13.08.2025
Soliq qo‘mitasi tadbirkorlardan katta miqdorda pul yechib olgan. Qo‘mita buni «texnik nosozlik» bilan izohladi
18:53 / 13.04.2023
Bank kartasidan boshqa kartaga pul o‘tkazmalari uchun soliq joriy etilishi haqidagi xabar rad etildi
11:00 / 23.07.2022
Davlat soliq qo‘mitasi rahbariyati tadbirkorlar bilan uchrashdi
19:55 / 17.01.2022