DSQ «Özbekiston Respublikasi Davlat soliq qömitasining 28.01.2020 yildagi 2020-03-son «Soliq hisobotining şakllarini tasdiqlaş töğrisida»gi qaroriga qöşimçalar kiritiş haqida»gi qarori loyihasini muhokama qiliş uçun e'lon qildi. Hujjat 2021 yil 1 yanvardan kuçga kirişi kerak.
Qaror loyihasida soliq va boşqa hisobotlarning ayrim şakllarini tasdiqlaş nazarda tutilgan.
Norma’ning yozişiça, 7-«Yuridik şaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq böyiça soliq hisobotining şakllari» ilovasi yana bitta şakl – «Mol-mulk soliği tölovçi yuridik şaxslarning asosiy vositalari töğrisida ma'lumot» bilan töldiriladi.
Bundan taşqari, hisobotning amaldagi şakllari 13-«Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga ötgan yuridik şaxslarning soliqlarini hisoblab çiqiş uçun zarur bölgan körsatkiçlar böyiça soliq hisoboti şakllari» ilovasi bilan töldiriladi.
13-ilovaga quyidagilar kiradi:
- Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga ötgan yuridik şaxslar tomonidan taqdim etiladigan buxgalteriya balansi körsatkiçlari töğrisida ma'lumotnoma (aktivlar böyiça şakl va passivlar böyiça şakldan iborat);
- Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga ötgan yuridik şaxslar tomonidan taqdim etiladigan moliyaviy natija körsatkiçlari töğrisida ma'lumotnoma (Foyda va zararlar töğrisida ma'lumotnoma);
- Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga ötgan yuridik şaxslarning soliqlarni hisoblaş uçun zarur bölgan boşqa körsatkiçlari töğrisida ma'lumotnoma. Uşbu şakl uzoq muddatli investitsiyalar va ularning turlari, tovar-moddiy zaxiralar, debitorlar, pul va öz mablağlari, uzoq muddatli majburiyatlarga oid ma'lumotlardan iborat.
Uşbu şakllar Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga ötgan soliq tölovçilar tomonidan har çorak yakuni böyiça hisobot çoragidan keyingi oyning 25-sanasigaça, yil yakunlari böyiça hisobot yilidan keyingi yilning 1 martidan keçiktirmay soliq hisobida turgan joydagi soliq organiga taqdim etiladi.
Uşbu qarorning kuçga kirişi Prezidentning 24.02.2020 yildagi «Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga ötiş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi PQ-4611-son qarorini ijro etişda muhim qadam böladi.












