Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toliblar Ramazon hayiti munosabati bilan uch kunlik sulh e'lon qildi
Afg‘onistonda tinchlikka erishish bo‘yicha oliy kengash raisi Abdulla Abdulla mamlakatda doimiy ravishda o‘t ochishni to‘xtatish rejimi o‘rnatilishi zarurligini qayd etdi.
"Tolibon" harakati Ramazon hayiti munosabati bilan Afg‘onistonda jangovar harakatlar olib borishni uch kunga to‘xtatib turishini e'lon qildi.
Xabar qilinishicha, "Tolibon" qo‘mondonligi ana shunday buyruq chiqargan.
Bunga javoban Afg‘onistonda tinchlikka erishish bo‘yicha oliy kengash raisi Abdulla Abdulla mamlakatda doimiy ravishda o‘t ochishni to‘xtatish rejimi o‘rnatilishi zarurligini qayd etdi.
Toliblar o‘tgan haftada G‘ilmind viloyati markazi bo‘lgan Lashkargoh shahri yaqinida hujum amaliyotini boshlagandi.
Jang harakatlari AQSh va NATO kuchlari Afg‘onistondan o‘z qo‘shinlarini olib chiqib ketishni boshlashi fonida yuz berdi.
Mavzuga oid
09:05 / 17.06.2026
Afg‘onistondan olib kirilgan 37,6 kg giyohvandlik vositalari fosh etildi
10:50 / 12.06.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida qo‘shimcha temiryo‘l qurilishi mumkin
11:30 / 11.06.2026
Afg‘oniston–Pokiston mojarosiga qaramay, Kobul koridorini qurish loyihasi davom etmoqda
17:54 / 10.06.2026