Bu dökon deb kirganimiz aslida, kiçkinagina oşxona bölib, asosan, kartoşkadan tayyorlangan yeguliklar sotiladigan joy ekan.

Dökon peştoqiga rusçada «Kartoşka» deya yozib qöyilgan. Tik turib ovqatlanib oliş imkoni bor faqat. Biz faqatgina yomğirdan biroz panalab turiş uçun kirgandik, ammo heç narsa sotib olmasdan tek turaveriş noqulay, kamiga sotuvçi qiz öz mahsulotlarini tavsiya qila boşladi kirganimizdan.

Bizga töğri keladigani faqat şu kartoşka ekan bu joyda. Kartoşkadan taşqari salatlari bor, ammo hammasiga çöçqa göşti yoki yoği aralaşgan. Sotuvçi qizga biz bu xildagi oziq-ovqatlarni yemasligimizni, biz uçun bu narsalar harom ekanini aytdim. Bu dökonçada bizdan taşqari ikki rus kampir ham bor edi, yoşlari yetmişdan oşib saksonni qoralab qolgan.

Oğzi tinmasdan öz mahsulotlarini tavsiya qilib, maqtab turgan sotuvçi qizga kampirlardan biri ham men aytgan sözlarni aytdi:

– Bu yigitlar özbeklar! Musulmonlardan, ular heç qaçon çöçqa göşti yeyişmaydi, spirtli içimliklar ham içişmaydi.

Keyin menga yuzlanib, Özbekistonning qayeridan ekanimni söradi.

– Samarqanddanmiz, – dedim, – tarixiy şahardan, deya qöşib qöydim ğururlanib.

Momo dugonasi bilan bizlar haqimizda suhbatlaşib ketdi.

– Yoşligimda bölganman Samarqandda, işim yuzasidan Özbekistonning köp şahar va qişloqlarida bölganman, odamlari judayam mehnatkaş, mehmondöst, oçiqköngil insonlar.

Yurtim haqida, xalqim töğrisida begona yurtda özga millat vakillari tilidan şunday iliq sözlar eşitib, köksim ğururga töldi, şunaqa vaqtda men jim tura olarmidim?

Men ham suhbatga qöşildim, momodan qaysi şaharlarda bölganini, nima iş bilan borganini söradim.

Momo savollarimga javob berib, bizning milliy taomlarimizni maqtab ketdi.

Xullas, suhbat rosa qizib turgandi. Dökonga ust-boşi yomğirda ivigan, yoşi yigirma ikki, yigirma beşlar atrofida bölgan ikki millatdoşimiz kirib keldi.

Bergan salomimga alik tarzida boşini bir qimirlatib yonimizdan ötgan yigitlar sotuvçi qizga borib nimalari borligini söradi.

Yonimda turgan kampir xuddi bizga qilgandek gap boşladi yana.

– Bular ham musulmonlardan, faqat kartoşka ber, çöçqa göşti yeyişmaydi – dedi.