Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoydagi yirik kompaniya narxi ming yil avval yozilgan she'r sababli keskin arzonlashdi
Milliarder Van Sin ijtimoiy tarmoqda Tan sulolasi davridagi shoir Chjan Tszening "Kitoblarni yoqish uchun o‘ra" deb nomlangan she'rini joylashtirgandi.
Foto: Reuters
Xitoydagi taom yetkazib beruvchi Meituan onlayn-servisi aksiyalari narxi kompaniya rahbari ijtimoiy tarmoqda ming yil avval yozilgan she'rni bo‘lishgani sababli tushib ketdi.
Kompaniya ijrochi direktori, milliarder Van Sin ijtimoiy tarmoqda Tan sulolasi davridagi shoir Chjan Tszening "Kitoblarni yoqish uchun o‘ra" deb nomlangan she'rini joylashtirgandi.
Uning bu ishi XXR hukumati hamda uning raisi Si Tszinpinni zimdan tanqid qilish deb baholandi. Natijada kompaniya kapitalizatsiyasi 16 milliard dollarga pasaydi.
Ming yil ilgari yozilgan she'rda olimlarni ta'qib qilgan va kitoblarni yoqqan Tsin sulolasi imperatori tanqid qilingan. Van Sin aprelda Meituan kompaniyasiga nisbatan antimonopol tekshiruv boshlanishi fonida mazkur she'rni e'lon qilgan.
Hozirda Meituan bozordagi monopol holatini suiiste'mol qilishda ayblanmoqda.
Uning bozor bahosi 220 milliard dollar atrofida.
Avvalroq Xitoy hukumati Alibaba Group kompaniyasiga qarshi ish ochgandi.
Mavzuga oid
13:54 / 13.02.2026
Xitoy, Rossiya va Turkiya - O‘zbekistonda eng ko‘p korxona ochgan davlatlar
22:21 / 12.02.2026
AQSh Venesuelaning «neft karantini» tugaganini e’lon qildi
20:55 / 09.02.2026
Hongkongda media magnat Jimmi Lay 20 yilga qamaldi
18:35 / 09.02.2026