Davlat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş qömitasi raisi Alişer Maqsudovning ruxsatnomasi bilan «Qizil kitob»ga kiritilgan qönğir ayiq Toşkent viloyati hududida rossiyalik ovçi tomonidan öldirilişi jamoatçilikning keskin e'tirozlariga sabab bölmoqda.

Jumladan, ommaviy muloqot tarmoqlarining köplab foydalanuvçilari Alişer Maqsudovning qömita raisligidan iste'fo berişini söramoqda.

Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati Rasul Kuşerbayev ham hodisa yuzasidan munosabat bildirdi.

U lavozimga qöyilişida ekologiyani saqlaşga hissa qöşişiga işonç bildirilgan Alişer Maqsudovdan ekologiyaning özini asraş kerak bölayotganini ta'kidlab ötgan.

«Davlat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş qömitasi raisi «Qizil kitob»ga kiritilgan qönğir ayiqni otişga ruxsat berdi.

Faollarning bidirişiça, Qömita raisining imzosi bilan 2 dona Özbekiston Respublikasi «Qizil kitobi»ga kiritilgan Tyanşan qönğir ayiğini otişga Rossiya Federatsiya fuqarosi Şirokovga ruxsatnoma berilgan.

Mazkur ruxsatnoma ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş sohasidagi nazorat böyiça Böstonliq tuman inspeksiyasida №4-son bilan 2021 yil 31 mart kuni röyxatga olingan.

Ovçi, Rossiya Federatsiya fuqarosi Şirokov esa Böstonliq tumanida 1 dona qönğir ayiqni otib, u bilan vahşiylarça suratga tuşgan.(Uning yana bitta Tyanşan qönğir ayiğini otişga ruxsatnomasi bor).

Mazkur turdagi ayiqlar atigi 150 dona atrofida qolgandi. Bu ketişda birortasi qolmaydi.

Ekologiya qömitasining vazifasi hayvonot va ösimliklar dunyosini asraşdan iborat. Lekin bu iş hammasining aksini körsatyapti. Qömita rahbarining özi aşaddiy brakoner va brakonerlikni qöllab-quvvatlaydigan şaxs körinadi.

Afsus bu kişini Qonunçilik palatasida uşbu lavozimga tasdiqlaşda ekologiyani saqlaşga hissa qöşsa kerak, degan fikr bor edi. Endi esa ekologiyani u kişining özidan asraş kerak bölyapti.

Bu masalada parlament nazorati kerak nazarimizda. Qömita raisi tuşuntiriş berişi lozim.