Davlat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş qömitasi raisi Alişer Maqsudovning ruxsatnomasi bilan «Qizil kitob»ga kiritilgan qönğir ayiq Toşkent viloyati hududida rossiyalik ovçi tomonidan öldirilgan. Bu haqda ekologiya va atrof-muhit himoyasiga oid yangiliklarni berib boruvçi «Ekologuz» telegram-kanalida ma'lum qilindi.

Ma'lum bölişiça, Alişer Maqsudov imzosi bilan «Qizil kitob»ga kiritilgan Tyanşan qönğir ayiqlaridan ikkitasini otiş uçun Rossiya fuqarosi Ye.P.Şirokovga 2021 yil 3 mart kuni №400030-sonli ruxsatnoma berilgan.

Mazkur ruxsatnoma ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş sohasidagi nazorat böyiça Böstonliq tuman inspeksiyasida №4-son bilan 2021 yil 31 mart kuni röyxatga olingan.

«Ovçi Rossiya Federatsiya fuqarosi Ye.P.Şirokov esa Böstonliq tumanida 1 dona qönğir ayiqni otib, u bilan vahşiylarça suratga tuşgan (Uning yana bitta Tyanşan qönğir ayiğini otişga ruxsatnomasi bor).

Endigina uyqudan uyğongan ayiqlar bu faslda ança zaif böladi. Aynan zaifligidan foydalanib ularni öldiriş öta vahşiylikdir.

Davlat ekologiya qömitasi raisi Alişer Maqsudov bunday ruxsatnoma berişining özi ayançli. U qanday asoslarga köra noyob hayvonot olamimizga vahşiylarça munosabatda bölişga imkon beradigan mazkur ruxsatnomaga imzo çekdi ekan?

Davlat ekologiya qömitasi raisi ruxsatnomasi bilan qaçonki tom ma'noda atrof-muhit muhofazasiga jonkuyar bölgan, tabiatni asrab-avaylaşga hissasini qöşadigan rahbar kelmasa, tabiatimizga qiron keltiriladi. Ötgan yillar Qaşqadaryo va Namanganda aholi va brakonerlar tomonidan öldirilgan ayiqlar haqida yozgandik. Fuqarolar ayiqni özini himoyalaş uçun, brakonerlar pul uçun öldirgani ma'lum bölgandi. Ammo Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş qömitasi rahbari «Qizil kitob»ga kiritilgan ayiqni otişga ruxsat bersa-çi? Dardingni kimga aytasan?» – deyiladi xabarda.

Kun.uz muxbiri xabarga oydinlik kiritiş maqsadida ikkinçi tomon – Davlat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş qömitasi axborot xizmati bilan boğlanişga harakat qildi, ammo qönğiroqlar javobsiz qoldirildi.