Jahon | 20:59 / 12.05.2021
4667
1 daqiqa o‘qiladi

Germaniya turistlar uchun mamlakatga kirish qoidalarini soddalashtiradi

Koronavirusdan sog‘aygan yoki unga qarshi emlanganlar mamlakatga kirishda PZR-test topshirmaydi va ikki haftalik izolyatsiyaga olinmaydi.

Foto: AP

Germaniya turistlarning mamlakatga kirishi uchun joriy etilgan cheklovlarni yumshatadi.

13 maydan koronavirusdan sog‘aygan yoki unga qarshi emlanganlar mamlakatga kirishda PZR-test topshirmaydi va ikki haftalik izolyatsiyaga olinmaydi.

Shuningdek, 48 soat mobaynida antitanaga test topshirgan yoki 72 soatgacha muddatga PZR-testga ega bo‘lgan turistlar ham karantindan ozod qilinadi. Faqat noxush epidemiologik vaziyat hukm surayotgan mamlakatlardan kelgan turistlargina majburiy izolyatsiyaga olinadi.

Avvalroq Turkiya 16 mamlakat turistlari uchun koronavirusga majburiy testni bekor qilayotgani ma'lum qilingandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid