Keyingi yillarda muammoning xalqaro yangiliklar kun tartibidan tuşib qolgani uning hal qilinganini anglatmasdi. Ikki örtada özgarmay qolayotgan muammolar sabab tuğilgan nafrat va ğazab pörtanasi yillar davomida, hatto butun boşli avlodlarning umri mobaynida zöravonlik va ölim tegirmoniga suv quyib kelmoqda.
100 yildan ortiq vaqt davomida yahudiylar va arablar Iordan daryosi va Örta Yer dengizi oraliğidagi yerlarda hukmronlik qiliş uçun kuraşib keladi. 1948 yilda taşkil topganidan beri Isroil falastinliklarni bir neça bor oğir mağlubiyatlarga duçor qildi, ammo uzil-kesil ğalabaga erişa olmadi.
Şu narsa aniqki, to mojaro davom etar ekan, ikkala tomon ham özini xavfsiz va xotirjam his qila olmaydi. Muqarrar bölib turgan narsa ham şu – sodir bölayotgan voqealar rivoji yanada jiddiy oqibatlarga olib keluvçi yangi inqirozning tuğilişiga sabab böladi.
Quddusning ahamiyati
Tsikl köproq sönggi 15 yil içida Isroil va Ğazo sektorini ajratib turuvçi çegaraga boğliq holda takrorlanmoqda.
Sodir bölgan sönggi voqealar Quddus va muqaddas joylardagi ziddiyatning misli körilmagan zöravonlikka aylanib ketiş ehtimoli qançalar yuqori ekanligini yana bir bor esga solmoqda.
Şaharning xristianlar, yahudiylar va musulmonlar uçun muqaddas sanalişi faqat diniy asoslar bilangina boğliq emas. Yahudiy va musulmonlarning muqaddas yerlari ayni paytda ikkala tomonning ham milliy ramzlarini taşkil etadi.
Geografik nuqtayi nazardan esa bu joylar tom ma'noda bir-biriga yaqin.
Iso payğambarning qabri deb bilunuvçi va nasroniy falastinliklar uçun ham juda muhim bölgan Muqaddas qabriston çerkovi Isroil nazorat punktining ortida joylaşgan.

Ta'sir qiluvçi omillar
Voqealarni qözğatgan omillardan biri ba'zi falastinlik oilalarning Isroil istilosi ostidagi Falastin yerlari hisoblanuvçi Şarqiy Quddusning eski şahar devorlari taşqarisida joylaşgan Şayx Jarroh mahallasidagi yerlari va uylaridan çiqarib yuboriliş tahdidi ostida qolganidir.


















