O‘zbekiston | 10:39 / 12.05.2021
16217
2 daqiqa o‘qiladi

Koronavirus: Shifoxonaga yotqizilgan bemorlar soni 3,8 mingdan oshdi, yana ikki bemor vafot etdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi so‘nggi bir kunda O‘zbekistonda 395 nafar kishida koronavirus aniqlanib, 2 nafar bemor vafot etgani haqida xabar berdi.

«2021 yil 11 may holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 95467 (+395) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi vazirlik xabarida.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 3 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 8 nafari Andijon viloyatida,
  • 3 nafari Buxoro viloyatida,
  • 3 nafari Jizzax viloyatida,
  • 2 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 2 nafari Navoiy viloyatida,
  • 8 nafari Namangan viloyatida,
  • 72 nafari Samarqand viloyatida,
  • 4 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 6 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 3 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 5 nafari Xorazm viloyatida,
  • 60 nafari Toshkent viloyatida,
  • 216 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 10 nafar,
  • Buxoro viloyatida 7 nafar,
  • Namangan viloyatida 6 nafar,
  • Samarqand viloyatida 78 nafar,
  • Sirdaryo viloyatida 13 nafar,
  • Farg‘ona viloyatida 5 nafar,
  • Xorazm viloyatida 4 nafar,
  • Toshkent viloyatida 48 nafar,
  • Toshkent shahrida 141 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 90976 (+312) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 666 nafarni tashkil qildi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3825 nafar bemor davolanmoqda.

Mavzuga oid