Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pentagon Xiaomi kompaniyasini "qora ro‘yxat"dan chiqarishga rozi bo‘ldi
Vashington okrug sudi AQSh mudofaa vazirligining kompaniyaga nisbatan qarorini "qo‘pol xato" deb topdi va qaror ijrosini vaqtincha to‘xtatib qo‘ydi.
AQSh mudofaa vazirligi Xitoyning Xiaomi Corp kompaniyasini XXR mudofaa sohasi bilan aloqador kompaniyalar "qora ro‘yxati"dan chiqarishga rozi bo‘ldi.
Mart oyida Xiaomi Pentagon tuzgan ushbu ro‘yxatdan chiqarilish bo‘yicha sud qaroriga erishdi. Vashington okrug sudi AQSh mudofaa vazirligining kompaniyaga nisbatan qarorini "qo‘pol xato" deb topdi va qaror ijrosini vaqtincha to‘xtatib qo‘ydi.
Chorshanba kuni Pentagon o‘z qarorini bekor qilishga rozi bo‘lgani ma'lum qilindi.
O‘tgan yil noyabrda AQSh prezidenti Donald Tramp Amerika kompaniyalari va xususiy investorlariga Xitoyning 30dan ortiq kompaniyasi aksiyalariga egalik qilishni taqiqlovchi farmonni imzolagandi. Shu yilning yanvarida Xitoyning yana sakkiz kompaniyasi bilan birga Xiaomi ham ro‘yxatga kiritilgandi.
Mavzuga oid
06:40 / 15.06.2026
Pentagon NUJlar haqidagi 72 ta yangi hujjatni e’lon qildi
11:40 / 12.06.2026
Xiaomi Tesla va BYDʼga qarshi yangi model bilan chiqmoqchi
15:00 / 04.06.2026
Xiaomi 17T seriyasi taqdim etildi - emotsiyalar, konsertlar va shahar hikoyalarini tasvirga olish uchun smartfonlar
11:58 / 25.05.2026