Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya AQSh elchixonasi matbuot kotibini mamlakatdan chiqarib yuboradi
AQSh 15 aprelda Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar doirasida Rossiya elchixonasining o‘n nafar xodimini mamlakatdan chiqarib yuborishini e'lon qilgandi.
Rossiyani tark etishi kerak bo‘lgan AQSh elchixonasi xodimlari orasida elchixona matbuot kotibi Rebekka Ross ham bor, deb yozadi «Kommersant'». Ro‘yxatda jami o‘n kishining nomi qayd etilgan.
Gazeta manbasining so‘zlariga ko‘ra, Ross AQSh «diplomatik missiya matbuot kotibini Vashingtonga kiritmagani uchun» ro‘yxatga kiritilgan.
«AQSh bu inson viza olish uchun bergan hujjatlarni hattoki rad etish sababini aytmasdan qaytarib berdi. Shunday ekan, bu Rossiyaning tashabbusi emas», — degan nashr manbasi.
AQSh 15 aprelda Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar doirasida Rossiya elchixonasining o‘n nafar xodimini mamlakatdan chiqarib yuborishini e'lon qilgandi.
21 aprel kuni Rossiya tashqi ishlar vazirligi o‘n nafar amerikalik diplomatni persona non grata deb e'lon qildi va ular bir oy ichida mamlakatni tark etishi shartligini bildirdi.
Mavzuga oid
22:16 / 18.06.2026
AQSh vitse-prezidenti Ho‘rmuz bo‘g‘ozi blokadasi ochilganini e’lon qildi
21:12 / 18.06.2026
Neft narxi AQSh va Eron urushi boshlanganidan beri eng past darajaga tushdi
13:35 / 18.06.2026
AQSh-Eron prezidentlari o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi
10:40 / 18.06.2026