O‘zbekiston | 10:43 / 13.05.2021
20329
2 daqiqa o‘qiladi

Koronavirus: O‘zbekistonda yana bir kishi kasallikdan vafot etdi, shifoxonaga yotqizilganlar soni 3,9 mingga yaqinlashmoqda

Sog‘liqni saqlash vazirligi so‘nggi bir kunda yana 359ta yangi kasallanish holati aniqlangani va bir bemor vafot etgani haqida xabar berdi.

«2021 yil 12 may holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 95826 (+359) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi xabarda.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 8 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 7 nafari Andijon viloyatida,
  • 6 nafari Buxoro viloyatida,
  • 4 nafari Jizzax viloyatida,
  • 6 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 3 nafari Navoiy viloyatida,
  • 6 nafari Namangan viloyatida,
  • 65 nafari Samarqand viloyatida,
  • 7 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 5 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 15 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 1 nafari Xorazm viloyatida,
  • 63 nafari Toshkent viloyatida,
  • 163 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 3 nafar,
  • Andijon viloyatida 30 nafar,
  • Buxoro viloyatida 5 nafar,
  • Jizzax viloyatida 14 nafar,
  • Qashqadaryo viloyatida 13 nafar,
  • Navoiy viloyatida 4 nafar,
  • Samarqand viloyatida 64 nafar,
  • Sirdaryo viloyatida 6 nafar,
  • Surxondaryo viloyatida 2 nafar,
  • Farg‘ona viloyatida 12 nafar,
  • Xorazm viloyatida 12 nafar,
  • Toshkent viloyatida 41 nafar,
  • Toshkent shahrida 119 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 91301 (+325) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 667 nafarni tashkil qildi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3858 nafar bemor davolanmoqda.

Mavzuga oid