Business class | 20:05 / 13.05.2021
124987
2 daqiqa o‘qiladi

«Yoshlar vaqtini juda arzon narsalarga sarflab qo‘yyapti» - biznes-murabbiy "opportunity cost" haqida

Maqsad qo‘yishda unga erishish sizga qisqa va uzoq muddatda qanday foyda keltirishiga e'tibor qaratish kerak, deydi Muhammad Ali Eshonqulov.

Biznes-murabbiy Muhammad Ali Eshonqulov M-Faktor loyihasining navbatdagi ko‘rsatuvi mehmoni bo‘lib, qator mavzulardagi o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.

U ko‘rsatuv muxlislaridan savollardan biriga javoban "opportunity cost" (muqobil tanlovning qiymati) nimaligini tushuntirib o‘tdi.

«Inson hayoti davomida doim tanlovlarni amalga oshiradi: yo uni, yo buni tanlaydi. Siz biror narsadan voz kechgan holda boshqa bir narsaga erishasiz. Eng qimmat investitsiya – vaqt, uni nimaga sarflayotganingiz qiymat jihatdan uzoq muddatda sizga qanaqa foyda keltiradi, shuni birinchi hal qilib olish kerak.

Yoshlardagi eng katta muammolardan biri – vaqtini, umrini juda arzon narsalarga sarflab qo‘yishyapti.

Maqsad qo‘yishda unga erishish sizga qisqa va uzoq muddatda qanday foyda keltirishiga e'tibor qaratish kerak. Biror maqsadga erishish menga qisqa muddatga foyda keltirib, uzoq muddatda foyda keltirmasa, uni to‘xtaman. Qisqa muddatda foyda keltirmagan taqdirda ham, uzoq muddatda jamoamizga va asosiysi jamiyatimizga foydali bo‘ladigan bo‘lsa, bu narsadan qaytmaymiz.

Opportunity cost deganini, qisqacha tushuntirsam, siz uylanmoqchi bo‘lgan ikkita qiz turibdi. Siz biriga uylanasiz, ikkinchisi esa siz uchun opportunity cost bo‘ladi», – dedi Muhammad Ali Eshonqulov.

Mavzuga oid