Jahon | 21:09 / 15.05.2021
10863
1 daqiqa o‘qiladi

Misr Suvaysh kanalini kengaytirishni boshladi

Loyihaga ko‘ra, kanal 10 kilometrga uzaytiriladi, 30 kilometr masofada janubiy qismi kengaytiriladi va chuqurlashtiriladi.

Foto: DPA

Suvaysh kanali ma'muriyati kanalni kengaytirish va chuqurlashtirish ishlarini boshladi. Bu haqda ma'muriyat rahbari Usoma Robi ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Al-Youm Al-Sabia portali.

Robining so‘zlariga ko‘ra, hozirda ishlar mart oyida Ever Given konteyner tashuvchi kemasi ko‘ndalang turib qolgan joyda boshlangan.

Loyihaga ko‘ra, kanal 10 kilometrga uzaytiriladi, 30 kilometr masofada janubiy qismi kengaytiriladi va chuqurlashtiriladi.

O‘rta Yer dengizi va Qizil dengizni birlashtiruvchi Suvaysh kanalining uzunligi 193,3 kilometr, chuqurligi 24 metrni tashkil etadi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid