O‘zbekiston | 18:06 / 15.05.2021
2796
2 daqiqa o‘qiladi

Qo‘qondagi onkologiya shifoxonasi kapital rekonstruksiya qilinadi

Foto: KUN.UZ

Qo‘qon shahar hokimi Ma'rufjon Usmonov, sektor rahbarlari, Farg‘ona viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Husanjon Mamajonov va boshqa mutasaddilar ishtirokida Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya markazi Qo‘qon filialida ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar, bemorlar uchun yaratilgan sharoitlarni o‘rgandi, deya xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.  

Shahar hokimi bemorlar bilan muloqotda bo‘lib, suhbatlashdi. Shikoyatlar bilan qiziqdi. M.Usmonov shifoxonani zarur tibbiy texnik uskunalar va jihozlar bilan ta'minlash, shifoxona binosini rekonstruksiya qilish bo‘yicha mas'ullarga topshiriqlar berdi. 

Hozirda Respublika radiologiya va onkologiya markazi Qo‘qon shahar filialida Qo‘qon shahar hokimi boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilmoqda. Shifoxonadagi palatalarga sun'iy nafas olish uskunalari, 20 ta funksional yotoqlar, 20 ta tumbochka, 2 ta muzlatgich keltirib, o‘rnatilgan.  

Ma'lum qilinishicha, ayni paytda shifoxonani kapital rekonstruksiya qilish loyihasi ishlab chiqilmoqda. Hokim shifoxonaga ventilyator va konditsionerlar ham keltirib berishga va'da bergan.

Avvalroq, viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Farg‘onadagi onkologiya shifoxonalariga 1,3 milliard so‘mlik tibbiyot jihozlarini topshirganligi haqida xabar berilgan edi. 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid