16 fevral kuni soat 21:18 da Qöqon şahri Muqimiy köçasidagi köp qavatli uy yonayotgani haqida «112» tizimi orqali Farğona viloyati Favqulodda vaziyatlar boşqarmasiga xabar kelib tuşgan.
Ma’lum qilinişiça, yonğin-qutqaruv ekipajlari voqea joyiga soat 21:23 da yetib borgan. Yonğin 21:25 da örab olingan va 21:32 da töliq öçirilgan.
Dastlabki ma’lumotlarga köra, yonğin gaz va havo aralaşmasining çaqnaşi oqibatida sodir bölgan. Natijada 28-uyda taxminan 50 kv m maydonda tom va şift qismi, şuningdek uy jihozlari yonib ketgan.
Çaqnaş oqibatida 4 nafar fuqaro turli darajada kuyiş tan jarohati olib, şahar tibbiyot birlaşmasiga yotqizilgan. Körsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan, ulardan 1 nafari vafot etgan.
Hozirda hodisaning sabablari aniqlanmoqda.











