Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xayrullo Bozorov Farg‘onadagi onkologiya shifoxonalariga 1,3 milliard so‘mlik tibbiyot jihozlarini topshirdi
Farg‘onada respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va tibbiy radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining ikkita filiali mavjud. Viloyat rahbari mazkur muassasalarga 1,3 milliard so‘mlik tibbiy jihozlarni topshirdi.
Kuni kecha Prezident Shavkat Mirziyoyev Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida bo‘lib, shifoxona faoliyati bilan tanishdi. Davlat rahbari shifoxonada davolanayotgan bolalar va ularning onalari bilan suhbatlashdi, ularni Ramazon hayiti bilan tabrikladi. Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Farg‘ona viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida tashkil etilgan viloyat studiyasidan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, viloyat tibbiyot sohasi vakillari ishtirok etdilar.
Videoselektor yig‘ilishidan so‘ng viloyat hokimi Hayrullo Bozorov viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida, shuningdek, viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida davolanayotgan bolalar va ularning ota-onalarini Prezident nomidan Ramazon bayrami bilan qutlab, ularga sovg‘alar topshirdi.

Shu bilan birga, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va tibbiy radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Farg‘ona filiali hamda Qo‘qon filialiga 1,3 milliard so‘mlik o‘pkaning sun'iy ventilyatsiyasi apparatlari (IVL), kislorod konsentratorlari, kardiomonitorlar, SIPAP portativ nafas oldirish uskunalari, reanimatsiya maxsus yotoqlari, muzlatkichlar, bolalar yotoqlari keltirib, o‘rnatildi.
Ma'lum qilinishicha, yaqin kunlarda yana 3,5 milliard so‘mlik jihozlar yetkazib berilishi rejalashtirilgan. X.Bozorov ushbu shifoxonalarda davolanayotgan bemorlarga ham Prezident nomidan bayram sovg‘alarini topshirgan.

Farg‘ona viloyati hokimligidan olingan ma'lumotlarga ko‘ra, Respublika Onkologiya va Radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Farg‘ona filialiga Chexiyaning UJP PRAHA kompaniyasidan Terabalt markali ionlashtiruvchi radionuklid jihozi olib kelib, o‘rnatilgan bo‘lib, aholiga xizmat ko‘rsatishni boshlash uchun Chexiyadan radiologlarning kelib, jihoz bilan ishlash borasida joyida o‘quv tashkil etib berishlari kutilmoqda. Yaqin kunlarda mutaxassislar tashrifi tashkil etiladi hamda ushbu xizmat ham yo‘lga qo‘yiladi.

Mavzuga oid
10:15 / 29.09.2023
Xayrullo Bozorov birinchi o‘rinbosarini «Neftchi» klubi prezidenti etib tayinladi
20:45 / 15.08.2023
Farg‘onada yapon tibbiyot va sog‘lomlashtirish shaharchasi barpo etiladi
20:33 / 14.01.2023
Farg‘ona va Samarqand viloyatlari hokimlariga polkovnik harbiy unvoni berildi
17:39 / 18.06.2021