Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh BMT xavfsizlik kengashining Yaqin Sharq bo‘yicha rezolyutsiyasi loyihasiga yana qarshi chiqdi
Vashington o‘tgan hafta davomida rezolyutsiyani muhokama qilishga nisbatan uch marta veto qo‘ygan.
AQSh BMT xavfsizlik kengashining Falastin-Isroil ixtilofi bo‘yicha rezolyutsiyasi loyihasini yana bir bor blokladi. Bu haqda Al Arabiya telekanaliga tayanib Interfaks xabar berdi.
Avvalroq Vashington o‘tgan hafta davomida rezolyutsiyani muhokama qilishga nisbatan uch marta veto qo‘ygani ma'lum qilingandi.
Al Arabiya telekanali tanishib chiqqan rezolyutsiya loyihasida zo‘ravonlikni zudlik bilan to‘xtatish, xalqaro gumanitar huquq normalariga rioya qilish to‘g‘risida so‘z boradi.
Telekanalning qayd etishicha, rezolyutsiya loyihasida HAMAS guruhi tilga olinmagan. Shuningdek, BMT xavfsizlik kengashi Isroilning Shayx Jarroh va Silvan rayonlaridagi falastinliklarni uylaridan ko‘chirishga urinishini qoralagan.
Dushanba kuni AQSh Isroilga Amerikada ishlab chiqarilgan qurol-yarog‘larni yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzoladi. Shartnoma qiymati 735 mln dollarni tashkil etadi.
Mavzuga oid
09:17
OAV: Isroil va “Hizbulloh” o‘rtasida sulh tuzildi
17:56 / 19.06.2026
«Tramp sizning yagona ittifoqchingiz» – Vens ham Isroilni tanqid qildi
14:15 / 18.06.2026
Livanga yana hujum bo‘lsa, kelishuv taqdiri so‘roq ostida qoladi – Umrbek Yusupov
09:25 / 18.06.2026