Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sherzod Asadov prezidentning joriy yilga mo‘ljallangan xalqaro tadbirlari bo‘yicha ma'lumot berdi
Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov OAV uchun o‘tkazilgan an'anaviy brifingda prezident Shavkat Mirziyoyevning o‘tgan haftadagi kun tartibi va kelgusi rejalari haqida ma'lumot berdi. Tadbirdagi o‘ziga xos yangilik jurnalistlarga ham savol berish imkoniyati yo‘lga qo‘yilgani bo‘ldi.
Kun.uz sayti muxbiri Abror Zohidovning “Davlat rahbarining joriy yilda qanday xalqaro anjumanlarda ishtirok etishi ko‘zda tutilgan?” degan savoliga Sherzod Asadov shunday javob qaytardi:
“Ko‘p tomonlama diplomatiya bizning tashqi siyosatimizning asosiy yo‘nalishlaridan biri. Umuman olganda, so‘nggi yillarda ko‘p tomonlama diplomatiyada O‘zbekiston jahon arenasida kuzatuvchidan faol ishtirokchiga aylanmoqda. Shundan kelib chiqqan holda va epidemiologik vaziyatni hisobga olib, prezidentimizning bir qator anjumanlarda ishtirok etishi rejalashtirilgan.
Birinchisi, davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev shu hafta Oliy Yevrosiyo iqtisodiy kengashining navbatdagi yig‘ilishida qatnashishi ko‘zda tutilgan. Shuningdek, prezidentimiz iyul oyi o‘rtalarida Toshkent shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan Markaziy va Janubiy Osiyo hududlarining o‘zaro bog‘liqligiga oid anjumanda ham ishtirok etadi.
Bundan tashqari, davlat rahbari joriy yilning sentabr-oktabr oyida rejalashtirilgan Shanhay hamkorlik tashkiloti hamda Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi davlatlari yetakchilarining sammitida ham qatnashishi rejalashtirilgan.
Bu joriy yilning oktyabrigacha bo‘lgan tadbirlar. Bu tadbirlarning qanday formatda o‘tishi, ya'ni onlaynmi yoki oflaynmi, epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib diplomatik kanallar orqali aniqlashtiriladi”.
Mavzuga oid
16:52 / 10.06.2026
Sherzod Asadov Moskvada Sergey Kiriyenko va Dmitriy Peskov bilan uchrashdi
19:14 / 21.12.2025
Mirziyoyevning Yaponiyaga tashrifi davomida 12 mlrd dollardan ortiq qiymatdagi kelishuvlarga erishildi
22:02 / 20.11.2025
Sherzod Asadov Euronews direktorlar kengashi raisi bilan uchrashdi
19:35 / 20.09.2025