Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
18 may kuni O‘zbekiston hududiga issiq havo kirib kelishi davom etadi
18 mayda kunduz kuni O‘zbekiston hududiga Eron hududlaridan issiq havo kirib kelishi davom etadi. Respublika bo‘yicha havo kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 32-35 daraja issiqni tashkil etadi, janubda va cho‘l hududlarida 38 daraja issiqqacha bo‘ladi.
Poytaxtda quruq va issiq ob-havo saqlanib turadi. Harorat 32-34 daraja issiqqacha ko‘tariladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba'zi joylarda o‘zgarib turadi, qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat 20-25 daraja issiq bo‘ladi.
Kutilayotgan yomg‘irlar hisobiga respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel kelishi xavfi bor.
Mavzuga oid
15:05 / 30.06.2026
Jazirama ortidan salqinlik?
08:49 / 30.06.2026
O‘zgidromet: iyul oyida O‘zbekistonda kuchli issiqlar kutilmoqda
20:01 / 22.06.2026
Qurg‘oqchil havo: jazirama hafta fermerlar uchun qanday xavflar tug‘diradi?
09:15 / 22.06.2026