O‘zbekiston | 09:17 / 18.05.2021
3625
2 daqiqa o‘qiladi

Namangan viloyatining ayrim hududlarida gaz ta'minotida uzilish bo‘ladi

Gaz quvurlarida ta'mirlash ishlari olib borilishi natijasida Namangan viloyatining ma'lum hududlarida tabiiy gaz ta'minotida uzilish bo‘ladi.

Foto: KUN.UZ

2021 yil 18 may  kuni “Hududgaz Namangan” gaz ta'minoti filialining “Namanganshahargaz” gaz ta'minoti bo‘limi tomonidan shahar hududidagi Janubiy aylanma yo‘lida joylashgan gaz taqsimlash shoxobchasidan chiquvchi gaz tarmog‘ini gidravlik tizimini yaxshilash hamda gaz tarmog‘i qurilmalarini 2021—2022 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorlash uchun ta'mirlash ishlari rejalashtirilgan.    

Shunga ko‘ra, “Namangan 2” gaz taqsimlash shoxobchasidan gaz bilan ta'minlanuvchi  Namangan shahrining “Bo‘ston”, “Ilg‘or”, “Sohibkor”, “Qadamjoy”, “Olvalizor”, “Yangi asr”, “Obod”, “Dambog‘”, “Zarbdor”, “Bahor”, “Sharq tongi”, “Taraqqiyot”, “Boburshoh”, “Haqiqat”, “Lola” va “Yangi qurilish”, “G‘ishtko‘prik”, “Madaniy”, “Sharshara” (Ko‘p qavatli uylar) MFY hududlariga hamda Namangan tumanidagi “Qumqo‘rg‘on”, “G‘alcha”, “Ravnaq” MFYlaridagi aholi xonadonlari va ulgurji iste'molchilar uchun 2021 yil 18 may kuni soat 08:00 dan 19 may kuni 08:00 ga qadar gaz ta'minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi.

“Hududgaz Namangan” matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, ta'mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng tabiiy gaz ta'minoti qayta tiklanadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid