Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda poyezddan chiqqan uchqun sabab archalar yonib ketgani haqidagi xabarga munosabat bildirildi
Kun.uz mobil muxbiri tomonidan Andijon shahridagi Andijon davlat universiteti ko‘chasidan poyezd o‘tib ketganidan so‘ng archalar yonib ketgani aytilgan video kelib tushgan edi. Mobil muxbirning aytishicha, poyezddan uchqunlar archalarga sachragan.
Mazkur videoga Andijon viloyati FVV viloyat boshqarmasi tomonidan munosabat bildirildi. Dastlabki ma'lumotga ko‘ra, qurigan o‘tlar yo‘lning chetiga tashlangan sigareta qoldig‘i tufayli yonib ketgan.
Andijon viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining ikkita yong‘in-qutqaruv guruhi yong‘in sodir bo‘lgan joyga yetib borgan va yong‘in qisqa muddatda bartaraf etilgan.
Hodisa oqibatida jarohatlangan va halok bo‘lganlar yo‘q.
Mavzuga oid
10:25 / 17.06.2026
Farg‘onada yong‘in oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi
10:59 / 13.06.2026
Yakkasaroyda ko‘p qavatli uy fasadida yong‘in sodir bo‘ldi
14:04 / 11.06.2026
Toshkent–Andijon va Toshkent–Termiz yo‘nalishlarida yuqori tezlikdagi poyezdlar qatnovi reja qilinmoqda
13:28 / 11.06.2026