Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindistonlik yigit oilasiga koronavirus yuqtirmaslik uchun 11 kun daraxtda o‘tirdi
Foto: twitter.com
18 yoshli hindistonlik Ramavat Shiva Nayk koronavirusga chalingach, yaqinlariga virusni yuqtirmaslik uchun o‘zini yakkalashga qaror qildi va 11 kun daraxt tepasida o‘tirdi.
The Print nashrining xabar berishicha, Telangan shtatida yashovchi talaba yigitga bemorlar bilan to‘lib-toshgan shifoxonalarda joy topilmagan. Uning oilasi bir xonali kichik uyda yashagani sababli yigit o‘zini yakkalash uchun yagona xavfsiz joy daraxt bo‘la olishi mumkin deb qaror qilgan.
U daraxtda bambukdan o‘ziga kichkina supacha yasab, unga ko‘rpacha to‘shagan. Yigitning ota-onasi unga yegulik va suvni chelak yordamida uzatib turgan. Yigit yozilish uchun kechasi dalaga borgan. Shiva daraxtdagi aksariyat vaqtini telefon bilan o‘tkazgan.
Ushbu voqea mahalliy OAVda ovoza bo‘lgach, Shivaga uning qishlog‘i yaqinidagi hostelda karantinni o‘tashi uchun joy tashkillashtirib berilgan. Yigit endi karantinning qolgan qismini shinamroq sharoitlarda o‘tkaza oladi.
Ta'kidlanishicha, Shiva o‘z qishlog‘ida oilasi xavfsizligi uchun bunday yo‘l tutgan yagona odam emas. Mahalliy aholining ta'kidlashicha, o‘zini yakkalashiga to‘g‘ri kelgan ba'zi odamlar buni vannaxonada yoki dalada amalga oshirgan.
Ayni vaqtda Hindistonda o‘ta og‘ir epidemiologik vaziyat davom etmoqda. Oxirgi haftalarda mamlakatda har kuni yuz minglab yangi bemorlar qayd qilinmoqda. Xalqaro yordamga qaramay, mamlakat shifoxonalarida koykalar va kislorod yetishmayapti, virusdan vafot etganlar jasadlari esa ko‘chalarda yoqilmoqda va ba'zi holatlarda daryolarga tashlab yuborilmoqda.
Mavzuga oid
12:16 / 25.12.2025
Hindiston neft kompaniyasi RF neftini xarid qilishni qayta tikladi
14:34 / 23.12.2025
Titov: 2026 yilda Rossiyaga ishlash uchun 40 ming hindistonlik keladi
18:14 / 21.12.2025
Peterburg ko‘chalarida hindistonlik migrantlar ishlay boshladi
07:30 / 17.12.2025