O‘zbekiston | 11:11 / 19.05.2021
20210
2 daqiqa o‘qiladi

Koronavirus: yana ikki bemor vafot etdi, shifoxonalarga yotqizilgan bemorlar soni kamaymoqda

Sog‘liqni saqlash vazirligi so‘nggi bir kunda O‘zbekistonning 12ta hududida 200dan ortiq koronavirus infeksiyasiga chalinish holati qayd etilib, ikki nafar bemor vafot etgani haqida xabar berdi. Kun davomida tuzalib javob berilganlar soni yangi holatlar sonidan ko‘p bo‘ldi.

«2021 yil 18 may holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 97280 (+212) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi xabarda.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 4 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 3 nafari Andijon viloyatida,
  • 4 nafari Buxoro viloyatida,
  • 9 nafari Jizzax viloyatida,
  • 3 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 2 nafari Navoiy viloyatida,
  • 3 nafari Namangan viloyatida,
  • 29 nafari Samarqand viloyatida,
  • 4 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 1 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 37 nafari Toshkent viloyatida,
  • 113 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 12 nafar,
  • Buxoro viloyatida 6 nafar,
  • Jizzax viloyatida 12 nafar,
  • Qashqadaryo viloyatida 2 nafar,
  • Navoiy viloyatida 3 nafar,
  • Namangan viloyatida 6 nafar,
  • Farg‘ona viloyatida 9 nafar,
  • Xorazm viloyatida 31 nafar,
  • Toshkent shahrida 177 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 92840 (+258) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 674 nafarni tashkil qildi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3766 nafar bemor davolanmoqda.

Mavzuga oid