Jahon | 17:06 / 19.05.2021
27670
1 daqiqa o‘qiladi

Moskvada Tojikiston va Qirg‘iziston fuqarolari o‘rtasida ommaviy mushtlashuv sodir bo‘ldi

Olti kishi shifoxonaga, to‘qqiz kishi militsiya bo‘limiga olib ketilgan.

Foto: Aleksandr Vilf/RIA «Novosti»

Moskva janubi-g‘arbidagi qahvaxonalardan birida Tojikiston va Qirg‘iziston fuqarolari o‘rtasida ommaviy mushtlashuv sodir bo‘ldi.

"Voqea joyiga yetib kelgan politsiya va tez tibbiy yordam xodimlari tomonidan olti kishi shifoxonaga olib borildi. Shuningdek, to‘qqiz kishi militsiya bo‘limiga olib ketildi", - deyiladi Moskva shahar IIBB xabarida.

Ma'lumot berilishicha, ikki nafar tartibbuzar ma'muriy javobgarlikka tortilgan. Ular 7 ming rublgacha jarimaga tortilish yoki Rossiyadan chiqarib yuborilishi mumkin.

Yana yetti kishiga tayinlangan jazoga ko‘ra, ular ming rublgacha jarima to‘laydi yoki 15 sutkaga qamaladi.

TASS manbasining aytishicha, mushtlashuvda 15 nafar Tojikiston va Qirg‘iziston fuqarosi ishtirok etgan.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, mushtlashuv shaxsiy adovat tufayli kelib chiqqan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid