O‘zbekiston | 13:02 / 19.05.2021
2307
1 daqiqa o‘qiladi

Ombudsmanning Qashqadaryodagi vakili: viloyatdagi ko‘plab jazoni ijro etish muassasalarda tibbiyot xodimlari o‘rni vakant

8 may kuni Ombudsmanning Qashqadaryo viloyatidagi Mintaqaviy vakili Murodulla Normurodov viloyatning Koson shahridagi 10-sonli jazoni ijro etish kaloniyasiga borib, mahkumlarning yashash sharoitlarini o‘rgangan. Bu haqda Ombudsman axborot xizmati ma'lum qildi.

Monitoring davomida koloniya oshxonasi va mahkumlarga ovqat tayyorlash jarayoni, oziq-ovqat omborxonasidagi ta'minot va taomnoma menyusi ko‘zdan kechirilgan.

Aniqlanishicha, muassasada dori-darmondan muammo aniqlanmagan, lekin 3 ta shifokor o‘rni vakant ekani ma'lum bo‘lgan. Vakil JIEMlarning aksariyatida tibbiyot sohasidagi mutaxassislar yetishmasligi holatiga duch kelinayotganini aytmoqda.

Monitoring doirasida, «Ombudsman qutisi» ko‘zdan kechirilib, 6 nafar mahkumning murojaati o‘rganish uchun qabul qilib olingan. Shuningdek, 20 nafar mahkumlar bilan shaxsiy qabul o‘tkazilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid