Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada huquqiy maqomi qonuniylashtirilishi kerak bo‘lgan 300 mingdan ortiq o‘zbekistonlikning ro‘yxati shakllantirildi
Rossiya hududida huquqiy maqomi qonuniylashtirilishi kerak bo‘lgan 300 ming nafardan ortiq O‘zbekiston fuqarolarining ro‘yxati shakllantirildi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar bermoqda.
Rossiya prezidentining 2020 yil 18 apreldagi “Yangi koronavirus (COVID-19) infeksiyasining tarqalishi xavfi tufayli chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning Rossiya Federatsiyasida huquqiy maqomini belgilash bo‘yicha vaqtinchalik chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni doirasida Rossiya IIV hamda O‘zbekistonning Rossiyadagi diplomatik vakolatxonalari hamkorligida 2020 yilda Rossiya hududida vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan 50 ming 700 nafar fuqarolarning maqomi qonuniylashtirildi.
Hozirgi kunda ushbu farmonga kiritilgan o‘zgartirishlar asosida Rossiya hududida noqonuniy bo‘lib turgan xorijiy davlat fuqarolariga 2021 yil 15 iyunga qadar o‘z maqomlarini qonuniylashtirishga ruxsat berildi.
Shunga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasi IIV bilan o‘rnatilgan hamkorlik asosida Rossiya hududida huquqiy maqomi qonuniylashtirilishi kerak bo‘lgan 300 ming nafardan ortiq O‘zbekiston fuqarolarining ro‘yxati shakllantirildi.
“Shu fursatdan foydalanib, Rossiya hududida noqonuniy ravishda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolarini 2021 yilning 15 iyuniga qadar yashash joyidagi tegishli Rossiyaning ichki ishlar organlariga murojaat qilish orqali Rossiya hududida bo‘lishlarini qonuniylashtirish huquqidan foydalanishga chaqiramiz.
Bunda Rossiyaning ichki ishlar organlari tomonidan noqonuniy ravishda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga nisbatan mamlakatdan ma'muriy chiqarib yuborish, deportatsiya qilish chorlari qo‘llanilmaydi hamda ularga yashash joyidagi migratsiya bo‘limidan qayta ro‘yxatdan o‘tish imkoniyati beriladi.
Ushbu masalada yordam berish maqsadida O‘zbekistonning Moskva shahridagi elchixonasi va Rossiya mintaqalaridagi Bosh konsulxonalariga hamda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga murojaat qilishingiz mumkin”, deyiladi ma'lumotda.
Mavzuga oid
09:32 / 20.06.2026
Bokuda sakkiz nafar Rossiya fuqarosi qamoq jazosiga hukm qilindi
22:13 / 19.06.2026
Zelenskiy Lukashenkoga ultimatum qo‘ydi va uni bajarish uchun bir hafta muhlat berdi
12:13 / 19.06.2026
Moskvaga urush davridagi eng yirik hujum – suratlar
08:28 / 19.06.2026