Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BAAning 3ta aviakompaniyasi O‘zbekistonga parvozlar sonini oshiradi
Joriy yil 19-20 may kunlari Transport vazirligida Birlashgan Arab Amirliklari aviatsiya ma'muriyati vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasida fuqaro aviatsiyasi sohasidagi hamkorlik aloqalarini kengaytirish, parvozlarni ko‘paytirish, yangi yo‘nalishlarda aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama etildi.
Ikki mamlakat aviatsiya ma'muriyati vakillari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan maslahatlashuvlar yakunlari bo‘yicha quyidagi kelishuvlarga erishildi:
"FlyDubai" aviakompaniyasi Dubay – Toshkent – Dubay yo‘nalishida parvozlar sonini haftasiga 5tadan 6ta reysga oshiradi;
"Air Arabia PJSC" aviakompaniyasi Sharja – Toshkent – Sharja yo‘nalishida parvozlarni haftasiga 2tadan 3ta reysga ko‘paytiradi;
"Air Arabia Abu Dhabi" aviakompaniyasi Abu-Dabi – Toshkent – Abu-Dabi yo‘nalishida parvozlarni haftasiga 2tadan 4ta reysga qadar ko‘paytiradi.
Shuningdek, "Wizz Air Abu Dhabi" aviakompaniyasiga Buxoro va Urganch shaharlariga parvozlarni amalga oshirish huquqi berildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar kelgusida konstruktiv muloqot va o‘zaro manfaatli hamkorlikni qo‘llab-quvvatlash borasida kelishib oldi, deyiladi ma'lumotda.
Mavzuga oid
22:44 / 01.07.2026
BAA mulkiy tengsizlik darajasi bo‘yicha jahon reytingida birinchi o‘rinni egalladi
18:00 / 19.06.2026
BAA 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarning ijtimoiy tarmoqlarga kirishini taqiqladi
14:10 / 17.06.2026
O‘zbekiston va BAA strategik sheriklik doirasida yangi loyihalarni amalga oshiradi
09:45 / 13.06.2026