Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jizzaxda qarama-qarshi yo‘nalishga chiqqan mashina sodir etgan YTHda bir kishi vafot etdi
Jizzax shahrida qarama-qarshi yo‘nalishga chiqqan mashina o‘z yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan boshqa bir mashina bilan to‘qnashgan. Oqibatda bir kishi vafot etgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, joriy yil 18 may kuni soat 8:50 larda davlat ahamiyatiga ega 4R38 Jizzax-G‘allaorol yo‘lining 35 kilometrida G‘allaorol tumanida yashovchi, 1987 yilda tug‘ilgan haydovchi o‘z boshqaruvidagi Lasetti mashinasida harakatlanib kelayotib, Jizzax shahri Amir Temur mahallasida yashovchi 1998 yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvidagi Neksiya 3 mashinasi bilan to‘qnashib ketgan.
Oqibatda har ikkala mashina haydovchilari og‘ir tan jarohatlari olib Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam markazi Jizzax filialining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. Shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan, Lasetti haydovchisi shifoxonada vafot etgan.
Surishtiruvda ma'lum bo‘lishicha, Neksiya 3 haydovchisi yo‘l harakati qoidalarini qo‘pol tarzda buzib, tez harakatlangan va o‘zidan oldinda harakatlanib ketayotgan mashinalarni quvib o‘tish uchun qarama-qarshi yo‘nalishga chiqqan. So‘ng, o‘z yo‘nalishiga o‘tishga ulgurmay, ro‘paradan kelayotgan Lasettiga urilgan.
Qayd etilishicha, hozirda mazkur hodisa yuzasidan Jizzax shahar IIB YHXB tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.
Mavzuga oid
10:15 / 13.01.2026
Jizzaxda maktabdan qaytayotgan o‘quvchi piyodalar yo‘lagida mashina urib ketishi oqibatida halok bo‘ldi
14:57 / 07.01.2026
“Yovvoyi to‘ng‘iz deb o‘ylabman” – Jizzaxda ovchi o‘z sherigini otib qo‘ydi
10:54 / 18.12.2025
Jizzaxda ikkita yuk mashinasi to‘qnashuvida bir kishi halok bo‘ldi
13:55 / 11.12.2025