Jahon | 22:04 / 21.05.2021
3508
2 daqiqa o‘qiladi

Pfizer, Moderna va Johnson&Johnson nochor davlatlarga 3,5 milliard doza vaksina yetkazib berishga va'da berdi

Foto: Anadolu Agency

Pfizer, Moderna va Johnson&Johnson kompaniyalari G20’ning (Katta yigirmatalik) sog‘liqni saqlash bo‘yicha sammitida 2021–2022 yillarda past daromadli davlatlarga koronavirusga qarshi 3,5 mlrd doza vaksina yetkazib berishni rejalashtirayotganini ma'lum qildi.   

 Kompaniyalar ushbu davlatlarga o‘z vaksinalarini yo tannarxi bo‘yicha, yoki chegirma bilan yetkazib beradi.

 Pfizer kompaniyasi ijrochi direktori Albert Burla keyingi 18 oy davomida kompaniya nochor davlatlarga 2 mlrd doza vaksina yetkazib berishini ma'lum qildi.

Moderna kompaniyasi bosh direktori Stefan Banselning ta'kidlashicha, kompaniya 2021 yilda 95 mln doza, 2022 yilda esa 900 mln doza vaksina yetkazib beradi.

O‘z navbatida, Johnson&Johnson bosh ilmiy xodimi Pol Stoffels kompaniya COVAX dasturi bilan 2021 yilda 200 mln doza vaksina yetkazib berishga bitim tuzganini, yana 300 mln doza vaksinani yetkazib berish ko‘rib chiqilayotganini ma'lum qilgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid