Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin Rossiya mehnat migrantlari uchun sharoitlarni yaxshilashga harakat qilayotganini aytdi
Putinning qayd etishicha, yaqin vaqt ichida xorij fuqarolari ishga joylashish uchun barcha hujjatlarni onlayn rasmiylashtirishi mumkin bo‘lgan «Chegarasiz ish» yagona internet tizimi va ilovasi ishga tushadi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin RF yaqin xorij mamlakatlaridan kelayotgan mehnat migrantlari uchun sharoitlarni yaxshilashga urinayotganini aytdi.
«Rossiya xorij mamlakatlaridan, birinchi navbatda, YeOIIga a'zo davlatlardan ishlash uchun kelayotgan fuqarolarga sharoitlarni maksimal darajada yaxshilashga harakat qilmoqda va harakat qiladi», – dedi u Yevrosiyo oliy iqtisodiy kengashining videokonferensiya shaklida o‘tkazilgan navbatdagi yig‘ilishida.
Putinning qayd etishicha, yaqin vaqt ichida «Chegarasiz ish» yagona internet tizimi va ilovasi ishga tushadi.
Uning ma'lumot berishicha, bu orqali xorij fuqarolari ishga joylashish uchun barcha hujjatlarni onlayn rasmiylashtirishi mumkin bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 21 may kuni videokonferensiya shaklida Yevrosiyo oliy iqtisodiy kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Armaniston bosh vaziri vazifasini bajaruvchi Nikol Pashinyan, Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko, Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Kuba prezidenti Migel Dias-Kanel Bermudes, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov, Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev, Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev va Yevrosiyo iqtisodiy komissiyasi raisi Mixail Myasnikovich ishtirok etdi.
Anjumanda so‘zga chiqqan O‘zbekiston prezidenti YeOIIga a'zo davlatlar o‘rtasida muntazam aviaqatnovlarni tiklashni taklif qildi.
Mavzuga oid
20:25 / 16.07.2026
AQSh grin-karta talabgorlari uchun 100 ming dollarlik garov joriy etishi mumkin
10:31 / 16.07.2026
Qozog‘iston migratsiya nazoratini kuchaytirmoqda
22:07 / 15.07.2026
Rossiyada migrantlar harakatini kuzatish uchun telefon sotib olishga majburlanishi mumkin
23:00 / 13.07.2026