Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda portlagan «Nexia»da aka-ukalar vafot etgan
Qashqadaryo viloyat IIB Axborot xizmati habariga ko‘ra, bugun, 22 may kuni Chiroqchi tuman «Navoiy» MFY Terakzor ko‘chasidan o‘tgan yo‘lda tumanning «Qumdaryo» MFY Oqtunli qishlog‘ida yashagan B.J., uning otasi E.M.ga tegishli bo‘lgan «Nexia-1» rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotgan vaqtda kuchli portlash sodir bo‘lgan.
Natijada «Nexia-1» avtomashina haydovchisi B.J. va avtomobil salonida yo‘lovchi sifatida ketayotgan uning ukasi X.J. voqea joyida vafot etganlar.
Shuningdek, avtomashinada yo‘lovchi sifatida ketayotgan qishloqdoshi A.S. og‘ir tan jarohati olib tuman tez tibbiy yordam bo‘limiga tushgan.
Mazkur holat yuzasidan 22.05.2021 yilda Chiroqchi tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 262-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ayni vaqtda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
22:01 / 13.06.2026
Qashqadaryoda qum-shag‘al aralashmasini noqonuniy qazib olish holatlari fosh etildi
15:20 / 13.06.2026
Eski sandiqdan topilgan britancha surat: Dulsi xonim izlagan Boqijon Akramov Buxoro va Qashqadaryodan topildi
12:24 / 10.06.2026
Balashixada yana bir general o‘ldirildi
09:11 / 10.06.2026