Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Yoshlar forumi Andijon 2021» festivali yakunlandi
20-22 may kunlari Andijonda «Yoshlar forumi Andijon 2021» festivali bo‘lib o‘tdi. Viloyat hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi tomonidan tashkil etilgan forumning maqsadi Andijon viloyatida maktab bitiruvchilari hamda 30 yoshgacha bo‘lgan ishsiz yoshlarning bandligini ta'minlash, ularni kasb-hunarga o‘rgatish bo‘yicha Andijon tajribasini keng targ‘ib etishdan iboratligi aytildi.
Festivalning uchinchi kuni tadbir ishtirokchilari Asakadagi «Uzauto Motors» avtomobil zavodida bo‘lib, ishlab chiqarish jarayoni va sharoitlar bilan tanishdilar.

Shundan so‘ng mehmonlar Andijon shahrining Registon maydonida viloyat xalq ta'limi boshqarmasi tomonidan tashkillashtirilgan yarmarkada bo‘lishdi. Unda maktab bitiruvchilarini ish bilan ta'minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tanishtirildi.
22 may oqshomida Andijon shahri markazida forum yakuniga bag‘ishlangan galakonsert o‘tkazildi. Unda Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov hamda bosh vazir o‘rinbosari Behzod Musayev ishtirok etdi. Turli sohalarda o‘z iqtidorlarini namoyish etayotgan yoshlar taqdirlandi.
«Andijon oqshomlari» shou-konserti davomida madaniyat vaziri, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Xalq artisti Ozodbek Nazarbekov boshchiligidagi estrada yulduzlari tomonidan dastur namoyish etildi.




Mavzuga oid
14:04 / 11.06.2026
Toshkent–Andijon va Toshkent–Termiz yo‘nalishlarida yuqori tezlikdagi poyezdlar qatnovi reja qilinmoqda
13:28 / 11.06.2026
Andijondagi poliklinikada fojia: 4 kishi vafot etdi
22:12 / 06.06.2026
Andijonda voyaga yetmagan qiz bilan jinsiy aloqa qilgan IIB xodimi qamoqqa olindi
12:31 / 02.06.2026