Jahon | 16:35 / 24.05.2021
4925
1 daqiqa o‘qiladi

Italiyada Ryanair aviakompaniyasi bir necha million yevrolik jarimaga tortildi

Avvalroq Britaniyaning EasyJet va Ispaniyaning Volotea loukosterlari mos ravishda 2,8 mln va 1,4 mln yevro jarimaga tortilgan.

Foto: Getty Images

Italiya raqobat va bozorni nazorat qilish boshqarmasi Irlandiyaning Ryanair aviakompaniyasini 2020 yil 3 iyundan keyin bekor qilingan reyslar uchun chiptalar pulini qaytarmagani sababli 4,2 mln yevro jarimaga tortdi. Bu haqda La Repubblica nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, antimonopoliya boshqarmasi aviakompaniyaning bu harakatini nohalol deb topgan.

Bundan tashqari, Ryanair noto‘g‘ri reklama kampaniyasi o‘tkazish, chiptalarni almashtirish bo‘yicha noaniq yoki yolg‘on ma'lumot berishda aybdor deb topilgan.

Gazetaning yozishicha, avvalroq Britaniyaning EasyJet va Ispaniyaning Volotea loukosterlari mos ravishda 2,8 mln va 1,4 mln yevro jarimaga tortilgan. Ta'kidlanishicha, bu kompaniyalar pandemiya bahonasida ilgari chipta sotilgan reyslarni bekor qilishda davom etgan. Bunda chiptalar puli qaytarilmagan, balki kelgusi sayohatlar uchun vaucherlar taklif qilingan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid