O‘zbekiston | 11:48 / 24.05.2021
12666
2 daqiqa o‘qiladi

Prezident shu hafta kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazadi. U barqaror rivojlanish maqsadlarini moliyalashtirish dasturiga bag‘ishlanadi

Prezident Shavkat Mirziyoyev shu hafta oxirida kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazadi. U barqaror rivojlanish maqsadlarini moliyalashtirish dasturi ijrosini samarali ta'minlash masalasiga bag‘ishlanadi.

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov OAV uchun o‘tkazilgan an'anaviy brifingda boshlangan haftada davlat rahbari ishtirokida qanday tadbirlar rejalashtirilgani to‘g‘risida ma'lumot berdi.

“Olis va chekka hududlarda maktabgacha ta'lim muassasalarini tashkil etish bo‘yicha taqdimot, “O‘zagrohimoya” AJ tizimini isloh qilishga doir yig‘ilish bo‘lishi kutilmoqda.

Hududlarda ipoteka dasturlarini amalga oshirish, ko‘p kvartirali uy-joylar massivlarini barpo etish, ularni infratuzilma bilan ta'minlash hamda xizmat ko‘rsatish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilishi mo‘ljallangan.

Shuningdek, hafta oxirida barqaror rivojlanish maqsadlarini moliyalashtirish dasturi ijrosini samarali ta'minlash yuzasidan kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lishi kutilmoqda.

Shuningdek, prezidentimiz 30 may kuni Janubiy Koreya poytaxti Seul shahrida videoanjuman shaklida o‘tadigan “2030 yilga qadar “yashil” taraqqiyot va global maqsadlar uchun sheriklik” ikkinchi xalqaro sammitida nutq so‘zlaydilar”, dedi Sherzod Asadov.

Uning ma'lum qilishicha, rejalashtirilgan tadbirlarda o‘zgarish bo‘lsa, ularning tafsilotlari bo‘yicha keyingi brifingda xabar beriladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid