Yangi tahrirdagi «Reklama to‘g‘risida» qonun loyihasi birinchi o‘qishda deputatlarning 98,4 foiz ovozi bilan ma'qullandi. Ammo uning ba'zi bandlari e'tirozlarga sabab bo‘lmoqda.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari «Reklama to‘g‘risida»gi qonunning yangi tahrirdagi loyihasini birinchi o‘qishda konseptual jihatdan ko‘rib chiqishdi va bu 98,4 foiz deputatlar tomonidan ma'qullandi.

Yangi qonun loyihasini ishlab chiqish zarurati sifatida amaldagi qonunda (amaldagi qonun 1998 yil 25 dekabrda qabul qilingan bo‘lib, 30ta moddadan iborat. Bugungi kunga qadar unga 15 marta o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan) umumiy tusga ega bo‘lgan va ishlamaydigan normalar mavjudligi, ular reklama faoliyati bilan bog‘liq munosabatlarni to‘liq qamrab olmagani aytilgan. Shuningdek, yangi qonunning yaratilishi reklama faoliyatiga qo‘yiladigan talablarning yetarli emasligi, davlat va nodavlat tashkilotlarining reklama sohasidagi vakolatlari aniq belgilanganmagani huquqni qo‘llash amaliyotida ko‘plab huquqbuzarliklar sodir etilishiga sabab bo‘layotgani bilan ham izohlangan.

OAV erkinligiga yana bir zarba

Ammo qonun loyihasidagi bir qancha jihatlar tadbirkorlar va jamoatchilik tomonidan e'tirozlarga sabab bo‘lmoqda.

Xususan, qonun loyihasining 18-moddasida shunday bandlar bor:

Quyidagilarni tayyorlashda homiylik va hamkorlikka yo‘l qo‘yilmaydi:

  • yangiliklar to‘g‘risidagi axborot-tahliliy ko‘rsatuvlarda;
  • reklama roliklari va bloklarida;
  • teleradiodasturlarning anonslari va bloklarida.

Bu esa o‘zini o‘zi moliyalashtiradigan bir qancha xususiy telekanallar va OAVni qattiq xavotirga solyapti. Xususan, Kun.uz bog‘langan «Mening Yurtim» telekanali rasmiysi bu bandlarga qat'iy reaksiya bildirdi.

«Xususiy telekanal bo‘lganimiz sababli barcha yaratilayotgan ko‘rsatuvlar, dasturlar homiylik to‘lovlari orqali moliyalashtiriladi. Homiylarning bundan oladigan manfaati esa teledasturlarning anonslarida o‘z reklamalarining chiqishi hisoblanadi.