Jahon | 20:50 / 25.05.2021
5012
1 daqiqa o‘qiladi

Kreml Putin va Bayden 16 iyun kuni Jyenevada uchrashishini e'lon qildi

Qayd etilishicha, ikki davlat rahbarlari "Rossiya-Amerika munosabatlarining hozirgi holati va kelgusidagi rivojlanishi, strategik barqarorlik hamda xalqaro ahamiyatga ega dolzarb masalalarni muhokama qiladi".

Rossiya va AQSh prezidentlari Vladimir Putin va Jo Bayden o‘rtasidagi uchrashuv 16 iyun kuni Jyenevada bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, ikki davlat rahbarlari "Rossiya-Amerika munosabatlarining hozirgi holati va kelgusidagi rivojlanishi, strategik barqarorlik hamda xalqaro ahamiyatga ega dolzarb masalalarni muhokama qiladi".

O‘z navbatida, Oq uy Putin va Bayden 16 iyun kuni Jyenevada ko‘psonli muhim masalalarni muhokama qilishini bildirdi.

Bu Rossiya va AQShning yangi prezidenti o‘rtasidagi ilk uchrashuv bo‘ladi.

Avvalroq MSNBS telekanali uchrashuv 15-16 iyun kunlari bo‘lib o‘tishi haqida xabar bergandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid