Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xorijiy tillar o‘qituvchilari uchun talablar belgilandi
“Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirishni samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hukumat qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, davlat ta'lim muassasalari xorijiy tillar o‘qituvchilari uchun xorijiy tillarni o‘zlashtirish darajasi bo‘yicha talablar belgilandi.
2022/2023 o‘quv yilidan davlat ta'lim muassasalarining xorijiy tillar o‘qituvchilari lavozimlariga ishga yangi qabul qilinayotgan talabgor kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lishi lozim.
2022/2023 o‘quv yiliga qadar davlat OTMlaridagi barcha xorijiy tillar o‘qituvchilari kamida S1 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lishi lozim.
2024/2025 o‘quv yiliga qadar davlat oliy ta'lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan kasbiy fanlar (xorijiy tildan tashqari) o‘qituvchilarining 50 foizi kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lishi lozim.
2024/2025 o‘quv yiliga qadar umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta'lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan barcha xorijiy tillar o‘qituvchilari kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lishi lozim.
Mavzuga oid
14:34 / 30.03.2026
Namanganda 6-sinf o‘quvchisiga jinsiy zo‘ravonlik qilgan o‘qituvchi qamoqqa olindi
12:30 / 14.03.2026
Karmana tuman hokimi o‘qituvchilarni hokimlikka yig‘ib, qariyb 1 soat turg‘izib qo‘ydi
19:25 / 02.03.2026
Vazirlik attestatsiya testida xatolik bo‘lganini tan oldi
21:22 / 28.02.2026