O‘zbekiston | 08:09 / 26.05.2021
4279
2 daqiqa o‘qiladi

26 may kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘ladi

Foto: KUN.UZ

26 mayda kunduz kuni O‘zbekistonda havo kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida kunning ikkinchi yarimda ba'zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo 33-38 daraja issiqqacha ko‘tariladi.

Poytaxtda havo biroz bulutli bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, kechga tomon biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, shamol 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 33-35 daraja issiqqacha ko‘tariladi.

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida ba'zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 22-27 daraja issiq bo‘ladi. 

Kutilayotgan mahalliy yomg‘irlar hisobiga respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel kelishi xavfi bor.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid