Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Braziliyada koronavirusning yangi shtammi aniqlandi
Braziliyaning San-Paulu shtatida koronavirusning avval ma'lum bo‘lmagan shtammi aniqlandi. Bu haqda G1 portali xabar berdi.
R.4 deb belgilangan yangi shtamm ilk bor shtatning Mokoka shahrida aniqlangan va Portu-Ferreyra shahrida keng tarqalgan. U koronavirusning «brazilcha» shtammlari R.1 va R.2 hamda Filippinda tarqalgan R.3 bilan umumiylikka ega bo‘lib, ushbu shtammlarning barchasi «brazilcha» shtamm B.1.1.28 qatoriga mansub.
«Ushbu shtamm hozirda P.1 va ‘britancha’ shtamm ustun bo‘lgan muhitda tarqalmoqda. Uning tarqalish sur'atlari bizni xavotirlantirmoqda», deb aytgan Braziliyaning Virusologlar hamjamiyati prezidenti Joau Pessoa Arauju.
Hozircha olimlarda P.4 yuqumliroq ekani yoki og‘ir oqibatlarga olib kelishi haqida ishonchli ma'lumotlar yo‘q. Shu bilan birga, rasmiy statistikaga ko‘ra, may oyida Portu-Ferreyrada koronavirusdan o‘limlar soni avvalgi oylarga qaraganda eng ko‘p bo‘lgan.
Mavzuga oid
18:52 / 24.06.2026
Chexlarga sensatsiya kerak, Braziliya va Koreyaga durang ham yetadi. A, V va C guruhlarida vaziyat qanday?
09:45 / 17.06.2026
Braziliya sobiq prezidentining o‘g‘li qamoq jazosiga hukm qilindi
20:23 / 15.06.2026
Braziliyadagi attraksionda ayol 40 metr balandlikdan xavfsizlik arqonisiz otib yuborildi
08:49 / 15.06.2026