Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kaliforniyada butun boshli shahar yer ostiga cho‘kmoqda
Aholisi 22 ming kishini tashkil etuvchi Korkoran har yili bir necha santimetrdan 60 santimetrgacha cho‘kmoqda.
AQShning Kaliforniya shtatidagi Korkoran shahri yer ostiga cho‘kmoqda, deb xabar berdi High Country News.
Qayd etilishicha, oxirgi 14 yil davomida shaharning ayrim joylarida yer 3,5 metrga cho‘kkan.
Ekspertlarning fikricha, yer cho‘kishi yerosti suvlari tortib olinishi bilan bog‘liq.
Shaharda mahalliy fermerlar ekinlarni sug‘orish uchun muntazam ravishda ko‘p miqdorda yerosti suvlarini tortib oladi, natijada yer osti bo‘shab qolmoqda.
Aholisi 22 ming kishini tashkil etuvchi Korkoran har yili bir necha santimetrdan 60 santimetrgacha cho‘kmoqda.
Hozircha shahardagi yo‘llar va binolarga zarar yetmagan bo‘lsa-da, jarayon uning topografiyasiga sezilarli ta'sir ko‘rsatmoqda.
Suv resurslari agentligining taxmin qilishicha, yaqin 19 yil ichida shahar yana 2-3 metrga cho‘kadi.
Mavzuga oid
09:15 / 16.06.2026
Kaliforniyada AQShning B-52 strategik bombardimonchisi quladi
18:26 / 20.05.2026
3 qurbon va «nafrat jinoyati» - Kaliforniya Islom markazidagi otishma tafsilotlari
00:10 / 25.04.2026
AQShda 60 metr balandlikdan yiqilgan ayol tirik qoldi
13:07 / 24.01.2026