O‘zbekiston | 10:09 / 26.05.2021
13929
2 daqiqa o‘qiladi
Koronavirus: Kunlik holatlar soni 200dan oshiq, yana ikki bemor vafot etdi
Sog‘liqni saqlash vazirligi so‘nggi bir kunda O‘zbekistonda yana 200dan ortiq kishida kasallik qayd etilib, pandemiya boshidan buyon koronavirusga chalinish holatlari soni 99 ming nafardan oshgani haqida xabar berdi.
«2021 yil 25 may holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 99064 (+215) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi SSV xabarida.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 3 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
- 1 nafari Andijon viloyatida,
- 1 nafari Buxoro viloyatida,
- 3 nafari Jizzax viloyatida,
- 3 nafari Navoiy viloyatida,
- 4 nafari Namangan viloyatida,
- 46 nafari Samarqand viloyatida,
- 5 nafari Sirdaryo viloyatida,
- 1 nafari Surxondaryo viloyatida,
- 4 nafari Farg‘ona viloyatida,
- 2 nafari Xorazm viloyatida,
- 38 nafari Toshkent viloyatida,
- 104 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kecha kun davomida:
- Qoraqalpog‘iston Respublikasida 12 nafar,
- Buxoro viloyatida 5 nafar,
- Jizzax viloyatida 4 nafar,
- Qashqadaryo viloyatida 1 nafar,
- Navoiy viloyatida 3 nafar,
- Namangan viloyatida 3 nafar,
- Samarqand viloyatida 34 nafar,
- Surxondaryo viloyatida 5 nafar,
- Farg‘ona viloyatida 2 nafar,
- Toshkent viloyatida 28 nafar,
- Toshkent shahrida 201 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 94683 (+298) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 684 nafarni tashkil qildi.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3697 nafar bemor davolanmoqda.
Mavzuga oid
11:40 / 13.12.2022
O‘zbekistonda kunlik koronavirus statistikasi sezilarli pasaydi
10:54 / 07.12.2022
Toshkent shahrida bir kunda 100 dan ortiq kishida koronavirus aniqlandi
10:10 / 04.12.2022
Koronavirus: O‘zbekistonda kunlik holatlar soni fevraldagi darajaga qaytdi
11:15 / 02.12.2022