Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oltiariqda katta avtomobil yo‘li, Farg‘onada bitta ko‘cha avtomobillar xarakati uchun vaqtincha yopilmoqda
Oltiariq tumani hududidan o‘tgan Uchuy–Oltiariq–Vodil avtomobil yo‘lining 54-kilometiridagi temir yo‘l kesishmasida ta'mirlash ishlari olib borilayotganligi sababli yopilishi ma'lum qilindi. Bu haqda viloyat IIB YTHX boshqarmasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Ta'kidlanishicha, bu haqda Oltiariq tumani hokimining farmoyishi imzolangan. Unda mazkur avtomobil yo‘li 2021 yilning 27 may kunidan 29 may kuniga qadar vaqtincha transport vositalari harakati uchun cheklanishi bildirilgan.
Shuningdek, xabarda Farg‘ona shahar Vatan ravnaqi ko‘chasining bir qismida ta'mirlash ishlari olib borilishi sababli mazkur ko‘cha ham Farg‘ona shahar hokimining farmoyishiga asosan 2021 yil 24 may kunidan 6 iyun kuniga qadar vaqtincha avtomobillar harakati uchun cheklanishi ma'lum qilingan.

Tirbandliklarning oldini olish maqsadida haydovchilarga vaqtincha yondosh ko‘chalardan harakatlanish tavsiya etilgan.
Mavzuga oid
15:50 / 21.04.2026
“Uyimiz mehmonlarga to‘lib ketdi” – Kun.uz qahramoni uyiga viloyat hokimi keldi
12:24 / 12.04.2026
“Gapira olmasa ham baxtliman” – matonatlilar oilasi haqida hikoya
12:59 / 08.03.2026
“Yuk mashina boshqarishimga ko‘pchilik ishonmaydi” – oltiariqlik gulchi ayol
18:07 / 02.01.2026