Rossiya Belarusni aylanib o‘tishi mo‘ljallangan Vena-Moskva reysining kelishiga ruxsat bermadi
Austrian Airlines samolyoti 27 may kuni Venadan Moskvaga parvoz qilishi va Domodedovo aeroportiga qo‘nishi lozim edi.

Foto: ZUMA / TASS
Rossiya Austrian Airlines aviakompaniyasining Belarus havo hududini aylanib o‘tadigan Vena-Moskva reysi kelishiga ruxsat bermadi. Bu haqda RBK xabar bermoqda.
Aviakompaniya YeI aviatsion xavfsizlik agentligi tavsiyasiga binoan Belarus ustidan parvozlarni to‘xtatgandi. Shu sababli Venadan Moskvaga amalga oshiriladigan parvoz yo‘nalishini o‘zgartirishga to‘g‘ri keldi, deya izoh berdi Austrian Airlines.
«Parvoz yo‘nalishining o‘zgarishi hukumat tomonidan ma'qullanishi kerak. Rossiya hukumati bizga ruxsat bermadi. Natijada Austrian Airlines Venadan Moskvaga amalga oshiriladigan reysni bekor qilishga majbur bo‘ldi», — deyiladi kompaniya xabarida.
Austrian Airlines samolyoti 27 may kuni Venadan Moskvaga parvoz qilishi va Domodedovo aeroportiga qo‘nishi lozim edi.
26 may kuni Fransiyaning Air France aviakompaniyasi Moskvaga amalga oshiriladigan reysini bekor qilgandi. Kompaniyaning izoh berishicha, Belarusni aylanib o‘tishi bois Rossiya havo hududiga kirish uchun yangi ruxsatnoma olinishi kerak bo‘ladi.
Tavsiya etamiz
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
Eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 11:34 / 30.05.2025
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
Sport | 11:37 / 29.05.2025
Chet ellik jangchilar, xususan o‘zbeklar Suriyadan quviladimi?
Jahon | 21:35 / 28.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” Qurbon hayiti sharafiga aksiya e’lon qildi – 50% gacha chegirma
Jamiyat | 17:00
-
Markaziy Osiyo davlatlari va Hindiston tashqi ishlar vazirlari uchrashadi
Jahon | 17:53
-
Rossiya yo‘qotish nima ekanini tushunishi kerak – Zelenskiy
Jahon | 17:49
-
Polsha prezidentlik saylovida Karol Navrotski g‘alaba qozondi
Jahon | 17:16
Mavzuga oid

23:17 / 22.05.2025
AQShda yengil motorli samolyot halokatga uchradi. Qurbonlar bor

17:17 / 14.05.2025
Tramp Qatar tomonidan sovg‘a qilinadigan qasr-samolyotni Pentagonga topshiradi

23:29 / 13.05.2025
Xitoyda yo‘lovchi toza havodan nafas olish uchun samolyotning avariyaviy eshigini ochib yubordi

08:40 / 13.05.2025