Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
19 mingta ko‘p qavatli uy-joylarning kadastr hujjatlari yo‘q - Prezident
Prezident Shavkat Mirziyoyev 28 may kuni aholining yashash sharoitlari va ko‘p qavatli turar joylar holatini yaxshilash masalasida videoselektor o‘tkazdi.
«Respublika bo‘yicha moddiy yordam oluvchilar ro‘yxatidagi 150 mingta xonadon aholisining to‘lov qobiliyati past. 19 mingta ko‘p qavatli uy-joylarning kadastr hujjatlari mavjud emas.
1 oktyabrdan boshlab, majburiy to‘lovlarni billing tizimida amalga oshirishning yagona elektron platformasini ishga tushirish lozim.
Bunda, mulkdorlar, xonadon maydoni, tarif miqdori, qarzdorlik, xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot xarajatlari va daromadlari smetasi haqidagi ma'lumotlar shakllantiriladi», – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Davlat rahbari 2021 yilda 212 ta avariya holatidagi 2 qavatli uylarni renovatsiya asosida yangidan qurish bo‘yicha topshiriq berdi.
«Jumladan, 40 foiz (14 mingta) ko‘p kvartirali uylarning foydalanish muddati o‘tgan, qariyb 7 mingtasi ta'mirtalab va 668 tasi avariya holatida, shundan 212 tasi yashashga yaroqsiz.
Ushbu yaroqsiz uylarning teng yarmi (106 ta) Qoraqalpog‘istonga to‘g‘ri kelsa, Buxoroda – 28 ta, Toshkent viloyatida – 25 ta va Toshkent shahrida – 23 tani tashkil etadi. Buni shunday qoldirsak, ertaga qishda nima bo‘ladi?» – ta'kidladi Shavkat Mirziyoyev.
Mavzuga oid
11:58 / 01.07.2026
Ko‘p kvartirali uylarda yashovchilar soni avval aytilgan rasmiy raqamlardan ancha kamligi ma’lum bo‘ldi
12:30 / 25.06.2026
Yirik loyihalarda mahalliy qurilish materiallari ulushi oshiriladi
11:45 / 25.06.2026
Prezident: Har bir investitsiya kelishuvi loyiha va yangi ish o‘rniga aylanishi shart
11:36 / 23.06.2026